<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
.Am           G
 Rabbim keldi Siz uchun
.F           Am
 Asrimizning boshida.
.Am          G
 Sodiq qoldi Biz uchun
. F         Am
 Xudovandim qoshida.
. E       Am
 Fido qildi jonini
.G         C
 Odamzodni sevib U
.Dm          Am
 Toʻkdi aziz qonini
.F       E        Am
 Shaytonni yengdi mangu.

[V2]
 Rabbim keldi biz uchun
 Oddiy inson boʻlib U.
 Otadan boʻlgan tinchlik,
 Marhamatga toʻlib U.
 Kamtarin qalbi toʻla
 Sevgiga, xidoyatga.
 Xushxabar olib keldi
 Yetaklab inoyatga.

[V3]
 Rabbim keldi Siz uchun
 Farovon hayot bilan.
 Davuddek gʻolib boʻl deb
 Har jangda Guliyot bilan.
 Gʻolib boʻlsin Soʻz aytib
 Kuch bilan, qudrat bilan.
 Xudoga hamd aytsin U
 Shon ila shuhrat bilan.

[V4]
 Rabbim keldi biz uchun
 U biz bilan yashaydi.
 Xudoning farzandlari
 Masihga xoʻp oʻxshaydi.
 Gʻalaba tojin berdi
 Biz gʻolibmiz, har qadam.
 Masih qonin toʻkdi U
 Oʻzgarsin deb bu olam!</lyrics>
<title>Rabbim keldi</title>
<author>Ravshan Xizirov</author>
<key>Am</key>
</song>